
"Dinamo" Turkiyada dastlabki g‘alabasiga erishdi
Turkiya yig‘ini doirasidagi to‘rtinchi nazorat uchrashuvida “Dinamo” Gruziyaning “Garedji” klubi ustidan dastlabki g‘alabasiga erishdi.
Samarqandliklar 10-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. Raqib futbolchisi hujumni qaytarish vaqtida o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda Faxriddin Alimov Aleksandr Glishichning uzatmasini golga aylantirdi. Raqib esa o‘yin yakunida farqni qisqartirishdi – 2:1.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Turkiya.
18 fevral (juma)
“Dinamo” – “Garedji” (Gruziya) - 2:1
“Dinamo”: Miloe Prekovich, Islom Sharipov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Mixaylo Yovanovich, Jasur Jumaev, Abdujamol Isroilov, Temur Ismoilov, Evgeniy Chumak, Shohmalik Komilov, Aleksandar Glishich, Oybek Nurmatov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: A.Ahrorov, J.Mannonov, O.Jo‘raev, D.Foteev, V.Oqbo‘taev, M.Muzaffarov, T.Ergashev, J.Umarov, S.Rashidov, F.Alimov, Sh.Yo‘ldoshev, A.Kozimov.
“Dinamo” matbuot xizmati.
Fikrlar