
"Dinamo" Qatar olimpiya terma jamoasini mag‘lub etdi
«Dinamo» jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Osiyo Kubogi U23 bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qatar olimpiya jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Dubayda o‘tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari xorij yig‘inidagi dastlabki g‘alabasiga erishdi. Qatarliklar bilan o‘yinda Sanjar Shoahmedov 63-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Anvarjon Hojimirzaev ikkinchi golga mualliflik qildi – 2:0.
"Dinamo" navbatdagi o‘yinni 26 yanvar kuni Saudiya Arabistonining OChLdagi ishtirokchisi «Al-Fayha»ga qarshi o‘tkazadi.
O‘rtoqlik o‘yini. 23 yanvar. Dubay
Qatar olimpiya jamoasi – «Dinamo» - 0:2
Gollar: Sanjar Shoahmedov 63, Anvar Hojimirzaev, 83 penaltidan.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Komil Sharofutdinov, Xurshid Ubaydullaev, Bobur Yorbekov, Dushan Miyich, Akbar Ismatullaev, Husniddin G‘ofurov, Xislat Xalilov, Sanjar Shoahmedov, Elnur Saitmurodov, Bahodir Nasimov (Anvar Hojimirzaev).
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar