"Dinamo" Antaliyada Rossiya klubiga qarshi maydonga tushdi

  • 11 fevral, 2024, 02:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" jamoasi Turkiyadagi yig‘in doirasida birinchi o‘rtoqlik bahsini Rossiyaning "Volgar" klubiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

O‘yin oldidan jamoalar murabbiylari har bir bo‘limni 40 daqiqadan o‘tkazib, uchta taym davomida futbolchilarni sinab ko‘rishni kelishib olgandi. Shu bois, murabbiylar har bir chiziqdagi o‘yinchilarga imkon berib, sinovdan o‘tkazishdi. Uchrashuv 3:1 hisobida rossiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini. Turkiya
«Volgar» (Rossiya) - «Dinamo» - 3:1
Gollar: Jamaletdinov 4, Denis Tkachuk 82, Kirill Kosarev 115 - Vohid Oqbo‘taev 80.
«Dinamo» (1-bo‘lim): Farhod Rahmatov, Salim Mustafoev, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ulug‘bek Abdullaev, Sanjar Shoahmedov, Damir Temirov, Husniddin G‘ofurov, Frantsis Narx, Farruh Ikromov, Anvar Hojimirzaev.
«Dinamo» (2-bo‘lim): Ravshanbek Yagudin, Dushan Miyich, Xurshidbek Ubaydullaev, Komil Sharofutdinov, Akbar Ismatullaev, Humoyunmirzo Iminov, Vohidjon Oqbo‘taev, Muhammadbobur Asadullaev, Javlon Malikov, Xislat Xalilov, Emmanuel Yagr.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Nasimov, Elnur Saitmurodov.

"Dinamo" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!