
Dilshod Rahmatov: Yoshlarimiz Jahon chempionlariga qarshi tengma-teng kurash olib borgani odamni quvontiradi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentina MTJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bahs Lotin Amerikasi vakillarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Avvalambor, muxlislarimizga va shunday o‘yin tashkillashtirib bergani uchun Futbol assotsiatsiyasiga katta rahmat aytmoqchiman. Bellashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, biz ularning avvalgi bahslardagi harakatlarini chuqur o‘rgandik. Balki raqib bugun bor imkoniyatini ko‘rsata olmagandir, lekin bizning yigitlar ham boshqacha daraja namoyish etdi.
Shuni ta’kidlamoqchimanki, yoshlarimiz jahon chempionlariga qarshi tengma-teng kurash olib borgani odamni quvontiradi. Ertangi o‘yin natijasi tugal xulosa chiqarishmizga yordam beradi: Argentina o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadimi yoki biz juda kuchli o‘ynadik".
Fikrlar