Dilshod Jo‘raev "Xorazm"da, ammo unga yana bir jiddiy da’vogar chiqdi

  • 11 yanvar, 21:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

21 aprel kuni 32 yoshni qarshilaydigan tajribali yarim himoyachi Dilshod Jo‘raev yaqinda “Lokomotiv”ni tark etgandi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, u ayni paytda Toshkentda “Xorazm” jamoasi bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Futbolchiga mazkur klub jiddiy taklif bilan chiqqan va o‘z safida saqlab qolish harakatida. Biroq bu narsa urganchliklarga oson bo‘lmaydi. Boisi, Jo‘raev uchun “Qizilqum” klubi ham jiddiy taklif bilan chiqqan. Bu esa uning atrofidagi voqeliklarni yanada qizdirishi turgan gap. U “Xorazm”da qoladimi yoki “Qizilqum”ni tanlaydimi?

“Qizilqum”ning ushbu yarim himoyachiga qiziqayotgani bejiz emas. Chunki 2022 yilning ikkinchi yarmida navoiyliklarning hozirgi ustozi Nikola Lazarevich Dilshodni o‘z klubiga taklif qilgandi. Bu safar ham mutaxassis Jo‘raevning xizmatlariga ko‘z tikmoqda.

Dilshod o‘tgan mavsum “Loko” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta assistni amalga oshirdi. Tabiiyki, jarohatga yo‘liqmaganida u yanada ko‘proq o‘yinlarda ishtirok etgan bo‘lardi. Hozirda jarohatidan forig‘ bo‘lgan futbolchi tez orada bir qarorga kelishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!