
Diego Godin ko‘zida yosh bilan "Atletiko"dan ketishini e’lon qildi (video)
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin mavsum yakunlangaj jamoadan ketishini e’lon qildi.
“Men “Atletiko”dan ketaman. Bu mening jamoadagi so‘nggi kunlarim. Barchadan minnatdorman. Bu mening oilam edi.
O‘tgan yoz “Atletiko”da qolishga qaror qilganman va “Manchester Yunayted”ga rad javobini bergandim. Ammo endi oldinga qadam tashlash vaqti keldi”, - deydi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Godin “Atletiko” sharafini 2010 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “matraschilar” safida 275ta o‘yinda ishtirok etdi va 17ta gol urishga erishdi.
Fikrlar