
Dibalaga 4 ta grand klubdan qiziqish bo‘lmoqda
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Evropa grandlarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.
Football Italia nashrining yozishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchiga "Barselona", "Inter", PSJ va "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida Dibala “keksa sinora” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas, shu sababli jamoalar yozda uni o‘z safiga erkin agent sifatida tekinga qo‘shib olishlari mumkin.
Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar