
Dibala nima sababdan 10-raqamni rad etganini aytdi
"Roma"ning yangi futbolchisi Paulo Dibala afsonaviy hujumchi Franchesko Totti rimliklar safida harakat qilgan "10" raqamidan nima sababdan voz kechgani haqida gapirdi.
“Men bu haqda sport direktori bilan gaplashdim. U menga o‘ninchi raqamni taklif qildi, lekin bu iltifotni rad etishga qaror qildim. Franchesko Tottining Rim klubi uchun qilgan xizmatlarini hisobga olsak, bu raqam “Roma” uchun katta ahamiyatga ega. Menimcha, "10" "Imperator"ga tegishli bo‘lishi kerak.
Francheskoning shaxsan o‘zi menga raqamini taklif qildi, lekin avval bu raqam uchun mos bo‘lish kerak. Balki, qachondir “Roma” safida “10” raqami ostida o‘ynalarman, ammo hozir emas”, - deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Dibala Rim klubida 21-raqamni oldi.
Fikrlar