
Dibala debyut qilgan o‘yinda "Roma" quyi divizion jamoasiga yutqazib qo‘ydi
Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” bugun Italiya B Seriyasida ishtirok etuvchi “Askoli” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
O‘yin kutilmaganda, "bo‘rilar"ning 1:0 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Aytish kerakki, rimliklarning shov-shuvli transferi - Paulo Dibala bugungi bahsni asosiy tarkibda boshladi
"Roma" ushbu uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Svilar; Manchini, Kumbulla, Vina; Chelik, Matich, Bove, Spinatstsola; Volpato, El Shaaravi; Dibala.
Fikrlar