
Di Mariya rozi bo‘ldi
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya nihoyat Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi Italiya klubi rahbariyatiga ushbu transferga tayyorligini aytgan va shundan so‘ng muzokaralar faollashgan. Argentinalik futbolchi “keksa sinora” bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi va unga ko‘ra yiliga 7 million evro maosh oladi.
Ta’kidlash kerakki, Di Mariya "Yuventus"ga tekinga ko‘chib o‘tadi, chunki uning Parij klubi bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.
34 yoshli Di Mariya o‘tgan mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar