
Devis "Bavariya"da qolsa, "Real" sobiq futbolchisini qaytaradi
Ko‘plab mashxur insayderlar va manbalar Alfonso Devis "Bavariya"dan yangi shartnoma qabul qilganini va unga imzo chekishga yaqinligi haqida yangiliklar tarqatishdi. Shu tufayli kanadalik fulbekni o‘z safiga erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan "Real" chap qanot himoyasi uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni boshladi.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Devis "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirsa, Madrid grandi o‘z tarbiyalanuvchisi Migel Gutierresni "Jirona"dan sotib oladi. Migelning transferlar bozoridagi narxi 25 million evroni tashkil etishiga qaramay, "qirollik klubi" uni 8 million evroga xarid qila oladi.
23 yoshli chap qanot himoyachisi joriy mavsum La Ligada "Jirona" safida 18ta o‘yinda bitta gol va 4ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar