Devin Heyni eng yosh mutlaq jahon chempioni

  • 5 iyun, 2022, 10:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Avstraliyaning Melburn shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda engil vazn toifasidagi (61,2 kg) barcha kamarlar uchun mutlaq chempionlik jangida amerikalik Devin Heyni mezbon bokschi Jorj Kambososga qarshi jang olib borib, to‘liq davom etgan bahsda 118-110, 116-112, 116-112 hisobida g‘alabaga erishdi. Devin Heyni 23 yoshida 4 kamarli mutlaq chempionlik erasida barcha kamarlar - WBC, WBO, IBF, WBAʼni birlashtirgan eng yosh chempionga aylandi. 

Tecno

Ushbu g‘alabadan so‘ng Heynining statistikasi 28-0 (16KO) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Kambososning natijasi 20-1 (10KO)ga o‘zgardi. 

Eslatib o‘tamiz, ular orasidagi shartnomaga revansh bandi kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!