
Depay Niderlandiya safida eng ko‘p gol urgan hujumchiga aylandi
Memfis Depay Niderlandiya milliy terma jamoasi tarixidagi to‘purar hujumchiga aylandi.
"Korintians" safida to‘p tepayotgan 31 yoshli hujumchi JCh-2026 saralash bosqichida Litva bilan o‘yinda hisobni ochdi. U 11-daqiqada Kodi Gakponing uzatmasidan foydalanib gol urdi.
Bu gol Depay uchun Niderlandiya terma jamoasi safidagi 104-o‘yinda 51-goli bo‘ldi. U Robin van Persining natijasini (102 o‘yinda 50 ta gol) ortda qoldirib, o‘z vatani milliy terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchiga aylandi.
Fikrlar