Depay La Ligada qolishi mumkin

  • 27 avgust, 2024, 17:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ushbu yozda "Atletiko" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Memfis Depay La Ligada qolishi mumkin. Uni "Rayo Valekano" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakt qilmoqda. 

"Relevo" nashriga ko‘ra, hujumchi De Tomash jarohat olganidan keyin Ispaniya klubi yangi hujumchi izlashga tushgan va niderlandiyalik futbolchi variantlar orasida bor. Tez orada jamoa unga taklif bilan chiqadi. 

Yaqindagina Xames Rodrigesni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Rayo Valekano" uchun yana bir katta transfer amalga oshishi mumkin. Sababi, Depayga Madridda yashash yoqqan. Ayni paytda 30 yoshli strayker yakka tartibda mashg‘ulotlar olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, "Rayo Valekano" mavsumni yaxshi boshladi. Klub ikkita o‘yinda 4 ochko jamlagan holda turnir jadvalida 8-o‘ringa joylashgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!