
Dena Uayt: Habibning otasi u 30:0 natijasiga erishishini xohlar edi
UFC prezidenti Dena Uayt rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Taxminimcha, Habib rekordini 30:0ga etkazish borasidagi otasining orzusi uni yana oktagonga qaytaradi. Bu Abdulmanapning orzusi edi va u bunga erishishni istashi aniq.
Ko‘ramiz, biz keyingi oyda barchasini hal qilib olish uchun ko‘rishamiz. Balki, u yanada ko‘proq janglarda ishtirok etar. Men bu savolga aniq javob bera olmayman. Habib bilan gaplashib olamiz, bunisi aniq", - dedi Uayt.
Fikrlar