
Dembelening so‘nggi daqiqalarda urgan goli PSJga chempionlikni taqdim etdi (Videosharh)
PSJ finalda "Monako"ni mag‘lub etib, Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Mazkur to‘qnashuvda parijliklar mehmonlarni minimal hisobda mag‘lub etdi (1:0).
O‘yindagi yagona gol 90+2 daqiqada hujumchi Usmon Dembele tomonidan kiritildi.
Quyida mazkur bellashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar