Dembele "Barselona" bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi

  • 12 may, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Usmon Dembele bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi. Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchining agenti o‘tgan hafta "Barselona" rahbariyati bilan uchrashgan. Futbolchi allaqachon kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomani 2027 yilgacha uzaytirish bo‘yicha taklif olgan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Dembeleni eng muhim o‘yinchilardan biri deb biladi. Bosh murabbiy Xavi esa Usmonni polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan birga jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanishini ta’kidlagan.

"Barselona" yaqin haftalarda Dembele bilan kelishuvga erishmoqchi. Klubning sport direktori Mateu Alemani bu masalani 30 iyungacha, ya’ni klubni tark etgunga qadar hal qilmoqchi. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing 20 ta o‘yinida 5ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!