
Deklan Rays "Liverpul"ni tanladi
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays yozda jamoani tark etmoqchi.
23 yoshli futbolchi faoliyatini kuchliroq klubda davom ettirishni niyat qilgan. Uni sotib olmoqchi bo‘lgan nomzod Evropa Chempionlar ligasida o‘ynayotgan bo‘lishi shart.
Angliya va Evropaning bir nechta top-jamoasi unga qiziqish bildiryapti. Shuning uchun unda tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi. "GivemeSport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Raysning o‘zi "Liverpul"ga o‘tmoqchi. "Transfermarkt" portali Deklanni 80 million evroga baholamoqda.
Ayni paytda u Angliya milliy terma jamoasi libosida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Fikrlar