Dekabr oyida professional boks olamidagi super janglar bilan tanishing!

  • 25 noyabr, 2021, 22:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks olamida bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar bizni kutib turibdi. Albatta, noyabr yakunida, ya’ni 27 noyabr kuni engil vazn ( 61.2 kg) toifasidagi mutlaq chempion Teofimo Lopes o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC, WBA, IBF, WBO kamarlarini Jorj Kambososdan himoya qiladi.

Tecno

Yil yakuniga qadar esa, yana bir qator janglar tashkil etiladi. Quyida, dekabr oyida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan qarama-qarshiliklar bilan tanishing!

5 dekabr. AQSh, Los-Anjelas

Sergey Dervyanchenko (13-3,10 KO, Ukraina) – Karlos Adams (20-1,16 KO, Dominikan Respublikasi)

Mazkur jang o‘rta vazn( 72, 5 kg) toifasida o‘tkaziladi. Ukrainalik charmqo‘lqop ustasi so‘nggi ikki jangida Gennadiy Golovkin hamda Jermal Charloga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan keyin, bu o‘ziga xos qaytish bo‘ladi. Raqib ham oddiy emas, u faoliyati mobaynida 20 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan. G‘alabalarining 16 tasini nokaut bilan yakunlagan. Xullas, o‘ziga xos “pancher” hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda qiziqarli jang bo‘lishi kutilmoqda.

derv

18 dekabr. Buyuk Britaniya, Manchester (Manchester Arena)

Jozef Parker (27-2,20 KO, Yangi Zellandiya) – Derek Chisora (30-10,21 KO, Buyuk Britaniya)

Super og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasidagi har ikki bokschi professional boks olamida o‘ziga xos nom qozongan. Mashhur Devid Tuaning izdoshi sanaladigan Jozef Parker hamda xurmacha qiliqlari bilan nom qozongan britan bokschisi Derek Chisora joriy yilning 1 may sanasida o‘zaro to‘qnash kelishgan va unda Parker ochkolar hisobida g‘alaba qozongan edi. Revansh jangida kim g‘alaba qozonadi, buni 18 dekabr kuni bilib olamiz!

chisora

18 dekabr. Ukraina, Kiev

Denis Berinchik ( 15-0,9 KO, Ukraina) – Isa Chaniev (15-3,7 KO, Rossiya)

Engil vazn (61, 2 kg) toifasida o‘tkaziluvchi ushbu qarama-qarshilik WBO International chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan Berinchik o‘z uyida ringga ko‘tariladi. Biroq, Chaniev ham o‘ziga xos salohiyatga ega bokschi sanaladi. Shunday ekan, bu jangni tomosha qilganingizga aslo afsuslanmaysiz, degan fikrdamiz.

ber

29 dekabr

Gennadiy Golovkin ( 41-1-1,36 KO, Qozog‘iston) – Riyota Murata ( 16-2,13 KO)

O‘rta vazn (72,6 kg) toifasidagi ikki chempion ya’ni, IBF kamari sohibi Gennadiy Golovkin hamda WBA chempioni yaponiyalik Riyota Murata kamarlarni birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tariladi. Albatta, har doim GGG ni janglarini tomosha qilish maroqli bo‘lgan. Qozog‘istonlik charmqo‘lqop ustasi Saul Alvaresdan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, ketma-ket 3 ta jangda g‘alaba qozondi. Murata ham 2018 yil Rob Brantdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin, ikki bor zafar quchdi. Dastlabkisida aynan Rob Brantni texnik nokautga uchratgan holda revansh olingan bo‘lsa, Stiven Batlerni ham texnik nokautga uchratdi. Xullas, qiziqarli jang bo‘lishiga shubha yo‘q!

rio

Shuningdek, 17 dekabrda hamyurtimiz Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) WVA Super chempionlik kamari uchun eliminator jangida birinchi o‘rta vazn (69, 8 kg ) toifasida WBA reytingining birinchi pog‘onasida borayotgan frantsiyalik Mishel Soroga (35-2-1, 24 KO) qarshi Toshkentda jang qiladi. Bu alohida mavzu va bu jang kechasi haqida ham keyinchalik batafsil so‘z yuritamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!