De Yong o‘zi rad qilgan klub eshigini qoqmoqchi

  • 15 avgust, 2022, 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong yaqinda “Manchester Yunayted”ga o‘tishdan bosh tortgan edi. Har ikki klub niderlandiyalik futbolchining transferini kelishib olgan bir paytda Frenki manchesterliklarni tanqid qilib, Angliyaga ko‘chib borishdan bosh tortdi.

Tecno

Niderlandiyalik o‘yinchilardan voz kechishni xush ko‘radigan Xavi Ernandes o‘ziga kerakli o‘yinchilarni olish uchun de Yong bilan xayrlashmoqchi.

Hozir Frenki murakkab vaziyatda qolgan. U Kataloniyadan ketishga moyil bo‘lib turibdi.

Iste’dodli futbolchiga “Chelsi” ham og‘iz solmoqda. Biroq, Frenki “Manchester Yunayted” variantiga moyillik bildirayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!