
De Xea yana bir Italiya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda
Ayni paytda erkin agent bo‘lib turgan David de Xea avvalroq "Jenoa" bilan muzokaralarga kirishngani va kelishuv amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Endilikda u boshqa bir Italiya klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, ispaniyalik darvozabonga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazishyapti.
De Xea bir yildan ortiqroq vaqt davomida klubsiz bo‘lib qolmoqda. U 2023 yilningn yozida "Manchester Yunayted" bilan xayrlashib, erkin agentga aylandi. Shundan keyin u bilan "Latsio", "Jenoa" va bir nechta Ispaniya klublari bitim imzolashga harakat qilib ko‘rdi.
Mish-Mishlarga ko‘ra, David o‘ziga yangi jamoa topa olmasa, futbolchilik faoliyatini yakunlashi ham mumkin.
Fikrlar