
De Xea faoliyatini yakunlashi mumkin, agar...
2023/2024 yilgi mavsumni o‘tkazib yuborgan ispaniyalik darvozabon David de Xea futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.
Manbaning yozishicha, 33 yoshli yulduz darvozabon qiziqarli taklif tushmasa, qo‘lqoplarini mixga ilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Davidning so‘nggi jamoasi Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bo‘lib, u o‘tgan yili “qizil iblislar” safini tark etgan.
Avvalroq matbuotda De Xea faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish imkoniyatlari borligi haqida xabar berilgandi. Ispaniyalik futbolchiga "Al-Shabab" klubi qiziqish bildirmoqda. Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan "An-Nasr" ham darvozabonga boshpana berishi mumkin.
Fikrlar