Davron Fayziev: Mana shu uchlik o‘zaro tushunib, bog‘lam yuzaga keltirishi lozim. Shunda Shomurodovning gollar ko‘payadi

  • 21 avgust, 2021, 00:51
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichida "Trabzonspor" hamda "Roma" jamoalari o‘zaro bellashdi. 

Tecno

Uchrashuvda Lorentso Pellegrini 55-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib, Kornelius muvozanatni tikladi. Ushbu bahsda rasmiy o‘yinlardagi debyutini nishonlagan Eldor Shomurodov 81-daqiqada "bo‘rilar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

O‘yindan keyin taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida Shomurodovning goliga munosabatini bildirdi.

Xayrulla Hamidov: Shomurodovning gol urishida asosiy ishni Mourino bajarib berdi...

3311572016336

- Birinchi navbatda biz uchun katta xursandchilik - Eldor Shomurodov “Roma”dagi rasmiy uchrashuvda ilk golini urdi. Boz ustiga Evrokubokda. Rimliklar uchun murakkab bahsda hal qiliuvchi gol muallifiga aylandi. Bu golning qadrini oshiradi.

Tan olish kerak, mazkur bellashuvda “Roma”ning o‘yini chiqmadi. Ko‘rinib turibdiki, jamoa yangilanmoqda. Birinchi navbatda yangi murabbiy. U hali to‘liqligicha o‘z g‘oyalarini singdirgani yo‘q. Misol uchun, Nikolo Zanolo, Genrix Mxitaryan alohida harakat qilgandek bo‘ldi. O‘zaro kombinatsiyalarni ko‘rmadik. Natijada Shomurodov ko‘pincha darvozaga tezkari hollarda to‘pni qabul qildi. Mana shu uchlik o‘zaro tushunib, bog‘lam yuzaga keltirishi lozim. Shunda gollar ko‘payadi. 

“Roma” minimum ustunlikdan va imkoniyatdan maksimal natija chiqara oldi. Rimliklar birinchi taymda darvozaga deyarli zarba berishmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikda ham imkoniyatlar ko‘p bo‘lmadi. Biroq kichik imkoniyatni golga aylantirgani, Mourinoga xos jihat.

Shomurodov "Roma"ning g‘alabasini ta’minlagan o‘yindagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling (Video)

gettyimages-1335086940-1024x1024

Ammo ko‘rib turibmizki, potentsial bor. Xususan, Eldor Shomurodov yonib o‘ynayapti. Vaziyatlar yuzaga keltirishga, o‘zi sheriklariga yordamlashishga tayyor. Jamoadoshlaridan ko‘mak ham kutadi. Mana shu kombinatsiyalar ishlab ketguncha hali “Roma”da vaqt bor. 

Bu bilan hali rimliklar “Trabzonspor”dan o‘tgani yo‘q. “Olimpiko” stadionida javob uchrashuvi bo‘ladi va unda ham Shomurodovdan gol kutib qolamiz, - dedi Davron Fayziev.

Endi tomonlar javob o‘yinida 1 haftadan keyin Rimda to‘qnash keladi. Mazkur juftlik g‘olibi guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
21/08/2021 10:04
Рома племеккирларига ҳам омадлар тилаймиз. Бу мавсум улар Элдорни ажойиб тўп оширишлар билан таъминласин ва элдор голларни ураверсин. Олға Элдор, Зониёла ва Миҳитариян... ажойб учлик... олға...
&
Х. Тухтаев
21/08/2021 06:16
Ўзида интилиш харакат бор. Омади ёнида булсин.