Davron Fayziev: Ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlash yoqimsiz holat

  • 28 iyul, 2019, 00:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugungi uchrashuvdagi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Chunki tarkib va taktika tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydim. Shogirdlarimga ishonaman, bugun yomon o‘ynamadik, shunchaki biz gol ura olmadik, «Bunyodkor» o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlash yoqimsiz albatta.

Tecno

Hozir kimnidir ayblash noo‘rin, deb o‘ylayman. O‘tkazilgan gollarda darvozabonimiz emas himoya va yarim himoyachilarimizning aybi ko‘proq. Aytish kerak, bugun «Bunyodkor»ga nisbatan yomon o‘ynaganimiz yo‘q. Shunchaki, to‘pni bir-biriga uzatish bo‘yicha raqib bizdan tezroq harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda gol urish uchun bizda ko‘proq imkoniyat bo‘ldi. Ammo foydalana olmadik", - deb Fayzievning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!