
Davlat Bobonov murabbiyiga uy sovg‘a qildi! (foto)
Dzyudo bo‘yicha Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov o‘z murabbiyi Nurali Qobulovga Samarqanddan 3 xonali uy sovg‘a qildi.
"Avvalambor, shogirdimga shunday tarbiya bergan ota-onasiga ming rahmat. Davlat menga o‘z farzandimdek qadrli. Hatto, o‘z o‘g‘limga uning ismini qo‘yganman. Tug‘ilgan kunimga bunaqa ajoyib sovg‘a bo‘lishini kutmagan edim.
Davlat bu bilan o‘zbek yigitlariga xos oliyjanoblik ko‘rsatdi. Sportchilarimizning bunday e’tibori boshqa murabbiylarimizga ham katta motivatsiya beradi. Kelajakda vatanimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘taradigan Davlatdek chempion yoshlarni etishtirib berish yo‘lida astoydil ishlaymiz. Mana shunday shogirdim borligidan faxrlanaman",- deydi Nurali Qobulov.
Fikrlar