
David Silva uchun "Milan" ham kurash boshladi
"Milan" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silvaga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchining agenti transfer masalasini muhokama qilish uchun “rossonerilar” rahbariyati bilan uchrashgan. Aytish lozimki, Silvaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “Milan”ga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bundan avvalroq ushbu futbolchiga Ispaniyaning "Betis" klubidan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.
Silva joriy mavsum “Manchester Siti” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar