Darvozabon bilan to‘qnashib ketgan futbolchi vafot etdi

  • 10 aprel, 18:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

21 yoshli futbolchi Peru Kubogi o‘yinida darvozabon bilan to‘qnashganidan so‘ng vafot etdi.

Fojiali voqea "Real Titan" jamoasi futbolchisi Xelar Gonsales Altamirano ishtirok etgan o‘yinda yuz berdi. Ular "Defensor Nueva Kaxamarka"ga qarshi maydonga tushishgan edi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Gonsales raqib darvozaboni bilan havodagi to‘p uchun kurashayotib, bosh qismiga kuchli zarba oldi.

Darvozabonning zarbasi shu qadar kuchli bo‘ldiki, Xelar hushini yo‘qotib erga quladi. Unga hech qanday reaktsiya bo‘lmagach, jamoadoshlari zudlik bilan tez yordam chaqirishdi. Futbolchi kasalxonaga olib ketildi, biroq ikki kundan so‘ng og‘ir jarohatlar tufayli vafot etdi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘limiga sabab — darvozabon bilan to‘qnashuv vaqtida olgan zarbadan kelib chiqqan miya arteriyasining yorilishi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!