
Daniya rossiyalik muxlislarning "Evro-2020" o‘yinlarini tomosha qilish uchun Kopengagenga kelishiga qarshi bo‘lmoqda
Daniya hukumati rossiyalik muxlislarni Kopengagenda bo‘lib o‘tadigan “Evro-2020” uchrashuviga tashrif buyurishga ruxsat bermadi.
Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Aleksandr Alaev UEFA bosh direktori Martin Kallenga yo‘llagan xatida daniyaliklarning ushbu qaroridan xavotirda ekanliklarini bildirdi.
“Rossiya futbol ittifoqi Butunrossiya jamoat tashkiloti ushbu uchrashuvga chiptalarni sotib olgan Rossiya terma jamoasining muxlislarini Daniyada bo‘lib o‘tadigan “Evro-2020” guruh bosqichi o‘yiniga kirishga ruxsat bermagani bilan bog‘liq vaziyatdan juda xavotirda.
Sizdan muxlislarni o‘yinga kiritish imkoniyatini tezda o‘rganib chiqib, muammoni hal qilish mexanizmini taklif qilishingizni so‘raymiz", - dedi Alaev UEFAga yo‘llagan xatida.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni Rossiya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi Evropa chempionati guruh bosqich 3-tur uchrashuvi Kopengagen shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar