Dana Uayt: "Tom Aspinall va Siril Gan o‘rtasidagi revansh juda qiziqarli bo‘ladi"

  • 27 oktabr, 14:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt og‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Tom Aspinall va frantsiyalik Siril Gan o‘rtasida bekor bo‘lgan jang haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Men odamlarni jangga majburlay olmayman. Ayniqsa, kimdir o‘zini jarohat oldim deb hisoblasa! Jon Jons bilan to‘qnashuvidan keyin hamma Siril Ganni past baholagandi. Biroq ishonchim komil - u o‘z lagerida dahshat tarzda mashq qilgan. Afsuski, Aspinallga qarshi chempionlik jangi shunday yakun topdi. Endi revanshga qiziqish ancha katta bo‘ladi, chunki hamma Gan Tomning yuzini qanday yorib tashlaganini ko‘rdi”, — dedi promoushen rahbari "MMA Fighting" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Gan birinchi raund oxirida Aspinallning ko‘ziga qo‘lini tiqib yuborgani sabab bahs bekor qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!