
Dana Uayt: Makgregor muxlislarsiz jang qilishni xohlamaydi, biz esa 18 mln dollar yo‘qotishni istamaymiz
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregorning muxlislarsiz jang o‘tkazishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Konorning muxlislarsiz jangini tashkil etish biz uchun juda qiyin. Buni amalga oshirish deyarli imkonsiz. Men u bilan kecha gaplashdim va u jang qilishni xohlayapti. Konorga ham muxlislarsiz jang qilish g‘oyasi ma’qul kelmaydi.
Shuning uchun, Makgregorning navbatdagi jang sanasini ayta olmayman. Biz muxlislardan 18 mln dollar foyda ko‘ramiz. Undan voz kechish uchun bu juda katta mablag‘dir.
Hattoki, Fergyuson va Nurmagomedov o‘rtasida tashkillashtirilgan jangdagi kabi bu pullar 5 mln dollarni tashkil etganda ham voz kecholmaymiz. Chiptalar bir necha daqiqalar ichida sotib bo‘lingandi va biz 5,5 mln dollar ishlab olishimiz mumkin edi," - dedi Uayt.
Fikrlar