
Dahshat! Prelim karddagi barcha janglar...
Xabaringiz bor, ayni paytda AQShda "UFC Fight Night 252" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Qiziqarlisi, prelim karddagi barcha janglar muddatidan oldin yakunlandi. Quyida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:
Prelim kard:
Modestas Bukauskas 1-raundda Raffael Serkeyrani nokaut qildi;
Nursulton Ro‘ziboev 2-raund so‘ngida Erik Makkonikoni "tinchitib" qo‘ydi;
Ostin Vanderford 2-raundda Nikolay Veretennikovni texnik nakout qilib, g‘alabani qo‘lga kiritdi;
Riki Saymon 1-raundda Javid Basharatni "uxlatib qo‘ydi";
Mansur Abdul-Malik 1-raundda Nik Kley ustidan texnik nokautga uchratdi;
Melkizael Kosta 1-raunddayoq Andre Filini sabmishn orqali taslim qildi;
Ion Kutselaba 1-raundda Ibo Aslanni sabmishn evaziga mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni asosiy karddagi bahslar kutmoqda.
Fikrlar