
Chiroq o‘chishi sabab "Dinamo" - "Xorazm" o‘yini to‘xtab qoldi (video)
Bugun Pro ligada 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Tur doirasidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi stadionda elektr toki uzilib qolgani bois bosh hakam Rustam Choriev 63-daqiqada o‘yinni to‘xtatdi.
15 daqiqadan so‘ng stadionda elektr toki qayta yondi va bellashuv davom ettirildi.
2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti 17.19-bandiga asosan elektr yoritish tizimi ishdan chiqishi yoki elektr yoritish tizimidagi muammo bir soat ichida bartaraf etilmagani uchun uchrashuvni boshlash, davom ettirish, qayta boshlash va tugatish imkoni bo‘lmasa, stadionning texnik holati va elektr yoritish tizimi ishdan chiqishi sababi bilan maydon egasi bo‘lgan klubga texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin edi.
Lekin stadion yoritish tizimidagi kamchilik 15 daqiqa ichida bartaraf etildi va o‘yin davom ettirilmoqda. Hozircha hisob 3:3.
Fikrlar