
Chililik hakam Messining futbolkasini olish uchun unga kartochka ko‘rsatmaganini aytib berdi
Chililik sobiq hakam Karlos Chandiya 2007 yilda yosh, ammo allaqachon ajoyib o‘yinlari bilan tanila boshlagan Lionel Messi ishtirokidagi o‘yinni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lganini esladi.
Bu 2007 yilgi Amerika kubogi paytida edi. Turnirning yarim finalida Meksika terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa-da, epizodlarning birida hakamning qo‘li bilan to‘pni ushlab olgan Lionel Messining ushbu harakatiga ko‘z yumdi va unga sariq kartochka ko‘rsatmadi. Chunki ushbu kartochka Lionelning braziliyaliklarga qarshi finalda o‘ynashiga to‘sqinlik qilishi mumkin edi. Buning uchun minnatdorchilik bildirgan Lionel o‘yindan keyin hakamga futbolkasini sovg‘a qildi.
“Menga qara yigitcha, sen sariq kartochka uchun o‘ynading, lekin men seni kechiraman. Sen buni futbolkang bilan to‘lashin kerak bo‘ladi. U menga futbolkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydonda bermoqchi edi. Lekin men unga "bu erda emas, odam ko‘p", dedim, - dedi Chandia Caracol Radio ga bergan intervyusida.
Fikrlar