
Chigirev va Geynish Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi!
Kun xushxabari! Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dmitriy Chigirev hamda Ekaterina Geynish Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlariga litsenziyasiga ega chiqishdi.
Hamyurtlarimiz AQShning Boston shahrida o‘tayotgan jahon chempionatida erkin dasturda 120.68 va umumiy hisobda 183.01 ball jamg‘arishdi.
Yakunda sportchilarimiz 10-natija bilan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylanishdi.
Fikrlar