"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov finalda g‘alaba qozondi

  • 7 aprel, 2023, 13:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO
Har yili jahon shaxmat olamidagi eng nufuzli onlayn seriya - "Champions Chess Tour"  doirasida turli onlayn musobaqalar yil davomida o‘tkazilib kelinadi. 
 
Hozirda ushbu tur doirasida "Chessable Masters" turniri 3 ta divizionda bo‘lib o‘tmoqda. 
 
2-divizionda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov finalda frantsiyalik Maksim Vashierni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
 
Shundan so‘ng, o‘tish bosqichida Niderlandiya vakili Anish Giridan ustun kelgan Vashier yana bir bor Abdusattorov bilan bugun, 7 aprel kuni o‘tkaziladigan grand finalda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!