Chempionlikni qo‘ldan chiqargan “Arsenal” 10 nafar futbolchidan voz kechdi

  • 18 iyun, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” yakunlangan mavsumda Angliya chempionligiga yaqin kelgandi.

Tecno

Premer-liganing aksariyat qismida peshqadamlik qilgan Mikel Arteta shogirdlari hal qiluvchi pallada “Manchester Siti”ni oldinga o‘tkazib yubordi.

“Arsenal” rahbariyati jamoaga kerak bo‘lmay qolgan o‘n nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Xususan, o‘z davrida asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lgan Eynsli Meytlend-Naylzga chiqish eshiklari ko‘rsatildi. 25 yoshli futbolchi mavsumni ijara asosida “Sautgempton”da o‘tkazgan edi.

Shuningdek, yana to‘qqiz nafar o‘yinchi – Zak Ave, Joel Idexo, Jorj Lyuis, Mett Smit, Tom Smit, Kalil Grin, Aleksandr Kovachevich, Tino Kvamina, Mateus Roberts 30 iyun kuni shartnomasi yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!