Chempionlar ligasidan uchib ketgan Xavi alam ustida “Barselona” yulduzlarini haydayapti

  • 11 dekabr, 2021, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi o‘zining ishonchini oqlamagan etakchi futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor. Ispaniyalik mutaxassis tarkibni o‘zi istagan darajada shakllantirmoqchi.

Tecno

Manbalarning xabar berishicha, Xavi boshchiligidagi murabbiylar shtabi darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Serjino Dest, yarim himoyachi Frenki de Yongdan voz kechishga qaror qilgan.

Xaviga bu o‘yinchilarning “Bavariya”ga qarshi uchrashuvdagi harakatlari ma’qul kelmagan va ular bosh murabbiy ishonchini butkul yo‘qotgani aytilyapti.

Jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin Xavi shogirdlariga qarata: “Ayrimlaringiz “Barselona”da o‘ynash nima ekanini hatto his qilmaysizlar!”, deya shogirdlariga  qattiq tanbeh bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javohir Fayziyev
12/12/2021 15:03
Tarkibni butkul yangilash kerak Xavi agar Barselonada uzoq vaqt qolmoqchi boʻlsa