
Chempionlar ligasida shov-shuv ko‘targan “Sherif”ni legionerlar tark eta boshladi. Yaxshiboevchi?
Chempionlar ligasida shov-shuvli natijalar qayd etgan “Sherif” o‘yinchilari o‘z kuchini boshqa jamoalarda sinab ko‘radigan bo‘lyapti. Jamoaning etakchi o‘yinchilaridan ikki nafari klubni tark etdi.
Tiraspol klubining kolumbiyalik himoyachisi Danilo Arbeloda klubga minnatdorlik bildirib, undan ketganini ma’lum qildi. 26 yoshli futbolchi joriy yilning fevral oyida kelgan edi. Bu o‘yinchi jamoa safid Chempionlar ligasi saralashi va guruh bosqichi doirasida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
“Sherif”ning yana bir kolumbiyalik futbolchisi Frank Kastanade ham o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘radi. Jamoaga sardorlik qilgan 27 yoshli hujumchi 2019 yilning dekabridan beri jami 75 ta uchrashuvda ishtirok etib, 42 ta gol va 29 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Kastanade Chempionlar ligasida 14 ta bellashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga uchtadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
"Sherif" safida "Real"ga gol urgan Jasur Yaxshiboev ham o‘ziga turli klublardan taklif borligini va o‘ziga ma’qul taklif bo‘lsa, jamoasini o‘zgartirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar