
Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomi ma’lum!
Xabaringiz bor, Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomzodi uchun 4 ta futbolchi da’vogar sifatida ko‘rsatilgan edi. «Barselona»ga qarshi o‘yinda xet-trikni rasmiylashtirgan Mbappe, «Leyptsig»ga qarshi 1 ta gol va 1 ta assist qayd etgan Muhammad Salah, «Sevilya»ga qarshi dubl qilgan Xoland hamda «Yuventus»ni engishda katta hissa qo‘shgan Serxio Oliveyra hafta o‘yinchisi bo‘lishga asosiy nomzodlar edi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ hamda «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11 mart kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar