
Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng tezkor futbolchilari ma’lum
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng tezkor futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Eng yuqori tezlikni “Shaxtyor”ning vingeri Mixayl Mudrik ko‘rsatdi – 36,6 km/soat. U birinchi o‘rinni "Barselona" futbolchisi Usmon Dembele bilan bo‘lishib oldi. Uchinchi o‘rinda “Milan” hujumchisi Rafael Leau 36,5 km/soat tezlik bilan bormoqda.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Federiko Valverde (“Real Madrid”, 36,3 km/soat), Nunu Tavaresh (“Marsel”, 36,2 km/soat), Alfonso Devis (“Bavariya”, 36,2 km/soat), Mussa Diabi (“Bayer”, 36,1 km/soat), Karim Adeyemi ("Borussiya Dortmund", 36,1 km/soat), Rafa Silva ("Benfika", 35,9 km/soat) va Teo Ernandes («Milan», 35,7 km/soat) kabi futbolchilar joy olgan.
Fikrlar