
Chempionlar ligasi g‘olibi 36 yoshida yana katta futbolga qaytmoqchi
Frantsiya terma jamoasi va "Milan" klubining sobiq yarim himoyachisi Yoann Gurkyuff yana katta futbolga qaytishga qaror qildi. Bu haqda uning "Bordo"dagi sobiq jamoadoshi Maruan Shamax xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Gurkyuff 2019 yilda “Dijon” safida o‘ynagan paytida butsalarini mixga ilishga qaror qilgandi. Hozircha 36 yoshli futbolchi qaysi jamoaga o‘tishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berilmagan.
“Yoan haqida yaxshi xabar bor. U maydonga qaytishi mumkin. Men u bilan bu haqda tez-tez gaplashib turaman. U oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lgani uchun futboldan ketgan edi. Ammo endi u qaytish imkoniyatiga ega”, - dedi Shamax pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar