
Chempionlar Ligasi finalining boshlanish vaqti o‘zgardi
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasi final uchrashuvi boshlanishini 2026 yildan ertaroq muddatga ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
Budapeshtda 2026 yil 30 may kuni "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadigan finaldan boshlab, start hushtagi vaqti Markaziy Evropa vaqti bilan soat 21:00 dan 18:00 ga ko‘chiriladi (Toshkent vaqtida bilan 00:00dan 21:00ga ko‘chirildi).
Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Frantsiyaning PSJ klubi hisoblanadi. O‘tgan turda jamoa finalda Italiyaning "Inter" klubini 5:0 hisobida mag‘lub etgandi. Eslatib o‘tamiz, parijliklar bir o‘yindan iborat turnir finalida Angliyaning "Tottenxem" klubini mag‘lub etib (2:2, 4:3 pen.), UEFA Superkubogini ham qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar