
Chempionga chiqish eshiklari ochildi
Myunxenliklar ijara asosida to‘p surgan Ivan Perishichdan voz kechib, uni sotib olish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi va yarim himoyachini “Inter”ga qaytarib yuboradi. Buni “Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik e’lon qildi.
- Biz yangi mavsumda ijaradagi uch nafar futbolchi – Ivan Perishich, Filippe Koutino va Alvaro Odriosola xizmatidan foydalanmaymiz. Hozir klub rahbariyati bilan ular o‘ynagan pozitsiyalarni kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni taklif qilish masalasini muhokama qilyapmiz, - dedi Xans-Diter Flik.
Ayni paytda Koutino “Barsa”, Odriosola “Real” tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Fikrlar