“Chelsi” zo‘r futbolchini transferga ko‘ndirdi

  • 14 iyun, 2024, 22:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Kristal Pelas” hujumkor futbolchisi Maykl Olise faoliyatini grand klubda davom ettirishi mumkin.

Tecno

22 yoshli frantsiyalik futbolchini bir necha grandlar talashmoqda. Biroq,  Givemesport nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” o‘tkazilgan muzokaralar samarasida Olise bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu transfer uchun “aristokratlar” 55 million evrodan ko‘proq xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

“Kristal Pelas” bilan yana uch yillik shartnomaga ega futbolchi o‘tgan mavsumda chempionatda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!