
"Chelsi" yosh talant uchun kurashda "Sautgempton"ga mag‘lub bo‘lmoqda
"Anje" hujumchisi Muhammad Ali Cho Angliya premer-ligasi jamoalari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar tarqatdi.
"Chelsi" 17 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, ammo futbolchining transferi uchun kurashda "Sautgempton" favorit hisoblanadi.
Joriy mavsumda Cho "Anje" safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer qiymati 12 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar