“Chelsi” yangi olgan futbolchisidan voz kechdi

  • 7 oktabr, 2020, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rasmiy saytida yozgi transferlar mavsumida jamoa tarkibiga qo‘shilgan Malanga Sarrni bir yil muddatga “Portu”ga ijaraga berganini ma’lum qildi.

Tecno

21 yoshli frantsiyalik himoyachi londonliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan va besh yillik shartnomaga imzo chekkan edi.

“Chelsi” rahbariyati Sarrning ijara muddatidagi o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatishini va keyinchalik Londonga qaytarishini bildirdi.

Malanga Sarr avval “Nitstsa” jamoasida to‘rt mavsum davomida o‘ynagan. Iste’dodli futbolchi jami 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marta aniq nishonga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!