
"Chelsi" Xavi Simons uchun maksimal qancha summa taklif qilmoqchi?
Londonning "Chelsi" klubi niderlandiyalik yarim himoyachi Xavi Simoncni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida, ammo moliyaviy jihatdan cheklov qo‘ymoqda. "Sky Sports" jurnalisti Kave Solekolning ma’lum qilishicha, "aristokratlar" 21 yoshli futbolchi uchun 50 million funtdan ortiq to‘lashni rejalashtirmayapti.
Avvalroq "Chelsi" va "RB Leyptsig" o‘rtasida Simonc bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani xabar qilingan edi. Nemis klubi hozircha rasmiy taklif kutmoqda, ammo London klubi hozircha yozma shaklda hech qanday taklif yo‘llagani yo‘q.
Shu bilan birga, Simoncning o‘zi londonliklar safiga o‘tishga tayyorligini bildirgan. U o‘tgan mavsum Bundesligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan ishtirok etgan.
Fikrlar