
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" JCh-2022da zo‘r o‘ynagan futbolchi uchun kurashadi
JCh-2022dan keyin himoyachi Denzel Dumfrisning transfer narxi keskin oshib ketdi.
Jurnalist Nikola Skiraning yozishicha, "Inter" 26 yoshli futbolchi transferi uchun kamida 50 million evro so‘ramoqda. Uning xizmatiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Denzel Niderlandiya terma jamoasi bilan birgalikda mundialning chorak final bosqichigacha etib bordi. Yarim final uchun kechgan bellashuvda Argentinaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar