
“Chelsi” uchta pozitsiyaga 11 nafar o‘yinchi tanladi
“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska yangi loyihani amalga oshirib, jamoani Evropaning eng qudratli klublari qatoriga qaytarishga bel bog‘lagan.
Italiyalik mutaxassis klub rahbariyatiga o‘z loyihasini yuqori darajaga etkazish uchun uchta pozitsiyani kuchaytirib, markaziy forvard, qanot hujumchisi va markaziy himoyachi olish kerakligini ma’lum qildi.
Ayni paytda klub mutasaddilari jamoaga mos tushadigan o‘yinlar ro‘yxatini shakllantira boshladi.
“Aristokratlar” to‘purar hujumchi pozitsiyasiga Viktor Osimxen, Jonatan Devid , Benjamin Sheshko, Ugo Ekitike va Liam Delapni mo‘ljallayapti.
Qanotlardan uyushtiriladigan hujumlarni kuchaytirish uchun londonliklar ro‘yxatga Alexandro Garnacho, Jeymi Gittens va Niko Uilyamsni qo‘shdi.
Markaziy himoyachi roliga Mark Gexi, Din Xyoysen va Jarrad Brantueyt kabi yosh, tezkor, baquvvat va murakkab vaziyatlarda ishonchli o‘ynay oladigan futbolchilar tanlandi.
Fikrlar