
“Chelsi” transfer bozorini “portlatish” uchun katta summa oladi
The Telegraph nashrining xabar berishicha, “Chelsi” klubi yozgi transferlar vaqtida faol ishtirok etadi.
Klubning yangi xo‘jayiniga aylanayotgan Todd Boeli tarkibni kuchaytirish va ketayotgan o‘yinchilar o‘rnini qoplash uchun katta mablag‘ ajratishga va’da bergan.
Unga ko‘ra, bosh murabbiy Tomas Tuxelga tarkibni qayta shakllantirish uchun 200 million evro ajratiladi.
Mutaxassislar germaniyalik murabbiy bu summaning asosiy qismini himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaratadi. Chunki Tuxel jamoani erkin agent sifatida tark etadigan Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen va Sesar Aspilikuetaning o‘rniga mudofaa chizig‘ini kuchaytira oladigan o‘yinchilar olib kelishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar